Netanyaxu G‘azo ishg‘oli borasida shtab boshlig‘i bilan janjallashdi
Olam
−
06 avgust 7233 2 daqiqa
Isroil Bosh shtab boshlig‘i Eyal Zamir va Bosh vazir Binyamin Netanyaxu G‘azo sektoriga hujumlar va mintaqani to‘liq bosib olish rejalarini muhokama qilish bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvda og‘zaki janjallashdi. Bu haqda Isroilning KAN davlat televideniyesining xabar berdi.
Qayd etilishicha, general Zamir Bosh vazir Netanyaxuga G‘azo sektorini to‘liq egallash rejasi mamlakatni tuzoqqa tushirayotganini aytgan.
Uchrashuvda Zamir, shuningdek, Bosh vazirning o‘g‘li Yair Netanyaxu tomonidan o‘ziga yo‘naltirilgan ayblovlarni ham tilga olgan. Yairning uni “to‘ntarishga urinish”ga rahbarlik qilgani haqidagi ayblovlariga to‘xtalib, “G‘azoda urush ketayotgan paytda” nima uchun bunday hujumga uchraganini so‘radi.
Zamir, shuningdek, avvalroq matbuotga sizdirilgan va Bosh vazir Netanyaxuning unga: “Agar G‘azoni to‘liq bosib olish rejasi sizga yoqmasa, iste’foga chiqing” degan xabarga keskin munosabat bildirdi.
“Matbuot oldida iste’foga chiqaman, deb qo‘rqitmang. Agar rejangizni qabul qilmasak, iste’foga chiqaman deb doimiy ravishda qo‘rqitishingizni qabul qilmayman. Mening o‘g‘lim esa voyaga yetgan, 33 yoshda”, deb javob berdi Bosh vazir.
Zamirning G‘azoni to‘liq bosib olish rejasi mamlakatni tuzoqqa tushirmoqda, degan tanqidiga javoban Netanyaxu Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilayotgan rejaga qo‘shimchalar kiritilishini aytdi. Qayd etilishicha, Zamir ora-sira janjal paytida jahli chiqib ketgan.
Vaziyatdan xabardor manbaning KAN'ga aytishicha, Netanyaxu G‘azoni to‘liq bosib olishga intilmoqda. Isroil matbuoti avvalroq Zamir G‘azoni to‘liq bosib olish rejasiga qarshi ekanini xabar qilgan edi.