Netanyaxu Eron xalqini qo‘zg‘olon ko‘tarishga chaqirdi
Olam
−
09 mart 4200 1 daqiqa
Kecha, 8 mart kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Isroil Eronni istibdod iskanjasidan ozod qilishga intilishini aytib, fuqarolarni “qo‘zg‘olon ko‘tarishga” va hukmron tuzumga barham berishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan videomurojaatida so‘z ochdi.
“Ishonamanki, agar siz o‘rningizdan tursangiz, Isroil va Eron yana jasur do‘stlarga aylanadigan kunga uzoq qolmaydi”, deydi Netanyaxu.
Shuningdek, Isroil Bosh vaziri o‘zi va AQSH Prezidenti Donald Tramp “yomon yigitlar”ga qarshi kurash olib borayotganini, o‘zi va ittifoqchilarini esa “yaxshi yigitlar” deb hisoblashini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Binyamin Netanyaxu Eron bilan tuziladigan kelishuv Qo‘shma Shtatlar va butun dunyo xavfsizligini kafolatlaydigan qat’iy talablarga javob berishi kerakligini aytgandi.
Live
Barchasi