Netanyaxu Eron hujumi qaytarilganini e’lon qildi

Olam

image
Eron Isroilga zarba berdi. Hozirgacha nimalar ma’lum? north_east

Eron Isroilga zarba berdi. Hozirgacha nimalar ma’lum?

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron mamlakatga zarba berganidan keyin birinchi marta ochiq bayonot berdi. U bayonotini X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi.

 “Biz tutib oldik. Biz blokladik. Biz birgalikda g‘alaba qozonamiz", deb yozgan Netanyaxu.

Isroil Mudofaa kuchlari matbuot kotibi kontr-admiral Daniel Hagarining aytishicha, Eron bir kechada mamlakatga otilgan 200 dan ortiq raketa va uchuvchisiz samolyotlarning 99 foizi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan tutib olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron 170 ta dron va 30 ta qanotli raketani uchirgan, ular mamlakat havo hududiga yetib bormasdan Isroil va ittifoqchi kuchlar tomonidan urib tushirilgan.

Ba’zi raketalar mudofaani chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi va mamlakat janubidagi Nevatim aviabazasiga hujum qilindi. Hagarining aniqlik kiritishicha, baza infratuzilmasi kichik zarar ko‘rgan.

Shuningdek, u Iroq va Yamandan bir nechta uchuvchisiz samolyot va raketalar uchirilganini, biroq ular Isroil havo hududiga kirmaganini aytdi.

Eron, agar Isroil javob qaytarsa, bundan ham kattaroq kuch bilan zarba berish bilan tahdid qildi. Respublikaning BMTdagi elchisi va doimiy vakili Amir Said Iravoniy yakshanba oqshomida Isroilga berilgan zarbalarni Eronning Damashqdagi konsulligiga qilingan hujumga javob sifatida tushuntirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing