Netanyaxu Braziliya Prezidentini “qizil chiziq”ni kesib o‘tishda aybladi
Olam
−
19 fevral
6804Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning yahudiy davlatini Gitler Germaniyasi bilan taqqoslaganini “qizil chiziq”dan o‘tish deb atadi. Hukumat rahbarining bayonoti uning idorasi tomonidan e’lon qilindi.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Silvaning so‘zlari "uyatli va qo‘rqinchli".
"Bu Xolokostni ahamiyatsiz qilish hamda yahudiy xalqi va Isroilning o‘zini himoya qilish huquqiga zarar yetkazishdir", deydi Netanyaxu.
Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats esa Braziliya Prezidentining so‘zlaridan so‘ng Braziliya elchisi TIVga chaqirilib, norozilik bildirishini aytdi.
Vazir da Silvaning so‘zlarini "sharmandali va qo‘pol" deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Addis-Abebadagi Afrika Ittifoqining 37-sammiti chog‘ida Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzini genotsid deb atagan va uni Adolf Gitlerning harakatlariga qiyoslagandi.
LiveBarchasi