Netanyaxu armiyaga “Hizbulloh”ga qarshi bor kuch bilan harakat qilishni buyurdi

Olam

image

Isroil hukumati rahbari Binyamin Netanyaxu mamlakat armiyasiga Livanning “Hizbulloh” harakatiga qarshi o‘ziga taqdim etilgan rejalarga muvofiq to‘liq kuch bilan harakat qilishni buyurdi. Bu haqda “JPost” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, shu tariqa Isroil hukumati “Hizbulloh” bilan sulh bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabarlarni ham rad etgan.

“O‘t ochishni to‘xtatish haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, Bosh vazir hatto AQSH-Fransiya sulh taklifiga javob bermagan ham”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, G‘azo sektoridagi janglar urushning barcha maqsadlariga erishilgunga qadar davom etadi. Isroil armiyasi “Shimol o‘qlari” operatsiyasini o‘tkazmoqda. Unda harbiy havo kuchlari Livanning turli hududlaridagi “Hizbulloh” nishonlariga katta zarbalar bermoqda. Bundan tashqari, Isroil kuchlari Livanning poytaxt shahri Bayrutga ham “maqsadli” zarbalar uyushtirgan. Bu zarbalar oqibatida “Hizbulloh” harakatining yuqori martabali qo‘mondonlari yo‘q qilingan.

Shuningdek, Isroil harbiylarining Livanda quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi bayonotlari fonida ikki taraf o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchaymoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari va Fransiya Isroil va Livan o‘rtasida shoshilinch 21 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha qo‘shma chaqiruv e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil “Hizbulloh” Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing