Netanyaxu hokimiyatda qolish uchun butun mintaqani xavfga qo‘ymoqda – Erdo‘g‘an 

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’muriyati G‘azodagi harbiy amaliyot orqali o‘zining siyosiy hayotini uzaytirmoqchi ekani, ammo bu bilan butun Yaqin Sharq mintaqasini xavf ostiga qo‘yayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda u Dohada bo‘lib o‘tgan Fors ko‘rfazi davlatlari rahbarlari sammitida so‘z ochdi.

"Netanyaxu ma’muriyati insoniyatga qarshi qatliom va urush jinoyatlarini amalga oshirish orqali o‘zining siyosiy hayotini uzaytirmoqchi, lekin bu butun mintaqamizni xavf ostiga qo‘ymoqda. Uning bu jinoyatlari jazosiz qolmasligi kerak", degan Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya G‘azoga insonparvarlik yordami bilan ikki samolyot va ikki fuqarolik kemasini jo‘natgan, kasal va yaradorlarni davolash uchun o‘z hududiga olib o‘tgan. 

Prezident Anqaraning ustuvor yo‘nalishi G‘azoda o‘t ochishni tezda to‘xtatish, barqaror tinchlikni ta’minlash, mintaqaga gumanitar yordamni to‘siqsiz yetkazish va Falastin muammosini ikki davlat tamoyili asosida hal etish ekanini ta’kidlagan. 

"So‘nggi voqealar 1967 yilgi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratish zarurligini tasdiqladi", deydi u.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Falastin-Isroil mojarosining Suriyaga tarqalishini qabul qilib bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi. 

"G‘azodagi qirg‘in Suriyani qamrab oladigan urushga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak", deydi Turkiya rahbari.

Ma’lumot uchun, Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi davlatlari yetakchilari bugungi sammitda G‘azo sektorini qayta tiklash uchun qo‘shimcha 1,6 milliard dollar ajratishga va’da bergan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 dekabr kuni Quddus okrug sudida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga qarshi korrupsiya bo‘yicha sud jarayoni yana o‘z ishini boshlagandi. U uch yildan ortiq vaqtdan beri davom etayogan sudda firibgarlik, xalq ishonchini suiiste’mol qilish va pora olishda ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing