Netanyaxu ham BMTni sustkashlikda aybladi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning fikricha, BMT G‘azo sektorida kuchayib borayotgan gumanitar inqirozga javob berishda juda sekin harakat qilmoqda. Bu haqda u Belgiya va Ispaniyadan Bosh vazirlari Aleksandr De Kru va Pedro Sanches bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

"BMT va xalqaro tashkilotlarning men ko‘rishni istagan sa’y-harakatlarini hali ko‘rmadim. Qish yaqinlashmoqda, G‘azo sektoridagi xavfsiz hududlarga o‘n minglab chodirlarni o‘rnatmaslik uchun hech qanday sabab yo‘q. Lekin BMT xavfsiz hududlarga kirmayapti va bu meni hayratda qoldiradi ", degan Bosh vazir.

U Isroil Falastin anklavining G‘azo sektorining shimoliy qismidan janubga xavfsiz yo‘lak ochganini ta’kidlab, shundan beri anklavdagi tinch aholi orasida qurbonlar soni kamayib borayotganini da’vo qilgan.

"Harbiy harakatlar aholini ogohlantirishlarimizga quloq solib, anklavning janubiga borishga majbur qildi. Ular janubga yetib borgach, insonparvarlik yordamiga ega bo‘ldi",  degan Netanyaxu.

Eslatib o‘tamiz, Isroilning G‘azoga hujumlari boshlangandan beri ko‘pchilik yetakchilar BMTni Isroilni to‘xtata olmaganlikda ayblab kelayotgandi. Ba’zi rahbarlar Yaqin Sharqdagi vaziyat BMTni isloh qilish vaqti kelganini ko‘rsatganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made