Nest One'da ishchilar “zabastovka” boshladimi? Murod Nazarov shov-shuvlarga javob qildi

Jamiyat

image

Bugun, 17 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida joylashgan Nest One osmono‘par binosi quruvchilari ish tashlash o‘tkazayotgani haqida video va xabarlar tarqaldi.

Unda ishchilar maoshi to‘lanmagani uchun noroziligini bildirib, ish tashlash o‘tkazayotgani aytilgan.

Nest One majmuasini qurayotgan “Murad Buildings” qurilish shirkati rahbari Murod Nazarov inshoot oldiga borib, holat yuzasidan munosabat bildirdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda vahima qilaverib, charchatib yubordinglar. To‘g‘risini aytaman. Mana jonli efir qilyapman. Vahima qilmanglar. Osh hammaga yetmagan bo‘lsa shunday vahima qilish shartmi? Hammayoq tinch, jim-jit. Hammasi zo‘r ketyapti, hamma ishlayapti. Bitta osh qilib, baloga qoldim.


Maqola muallifi

Teglar

Murod Nazarov

Baholaganlar

1093

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing