Nepaldagi o‘zbekistonliklar ham ogohlantirildi
Jamiyat
−
09 Sentabr 5924 1 daqiqa
Nepal poytaxti Katmandu va boshqa qator shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda, ularda komendantlik soati joriy qilingan. Shu sababdan O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ushbu mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgani va jarohat olganlar haqida xabarlar tarqamoqda. Shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Nepal hukumati ko‘rsatmalariga amal qilishga, xususan, odam gavjum joylardan yiroqda bo‘lish, namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik, mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish tavsiya etiladi.
Favqulodda vaziyatlarda O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi konsullik bo‘limining quyidagi raqamiga murojaat qilish mumkin:
- +91 94994 85962 (Telegram/WhtasApp). Telefon raqami tunu-kun ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahrida norozilik namoyishlari kuzatilayotgani sababli O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ogohlantirish bilan chiqqani xabar qilingandi.
Live
Barchasi