Nemis kompaniyasi Ukrainaga vertolyotlar uchun yangicha qurilma yetkazib beradi

Olam

image

Germaniyaning Hensoldt konserni Kiyevga jangovar vertolyotlar uchun 16 ta eng yangi sensorli havo-desant raketadan himoya qilish tizimini (AMPS - Airborne Missile Protection System) yetkazib berish bo‘yicha buyurtma oldi. Bu haqda kompaniyaning bugun, 20 iyun kuni e’lon qilingan bayonotida aytildi.

“Buyurtmaning narxi ikki xonali raqamda millionlab yevroni tashkil etadi. AMPS yetkazib berish orqali biz Ukraina vertolyotlarining mudofaa qobiliyatini oshiramiz. Biz ekipajlarni turli tahdidlardan, birinchi navbatda “yer-havo” va “havo-havo” raketalaridan himoya qilamiz”, deydi Hensoldt Optronics boshqaruvchi direktori Tanya Altman.

Ma’lumot uchun, AMPS raketa uchirilishini aniqlash sensori, ilg‘or boshqaruv va ma’lumotni ko‘rsatish bloki, uchirilgan raketalarning masofasi va tezligini aniqlaydigan tizimga ega qurilma sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukrainada qurilayotgan Rheinmetall zavodida eng yangi nemis Panther KF51 tankini ishlab chiqarish 15-20 oy ichida boshlanishi aytilgandi. Shuningdek, Ukraina Germaniyadan mamlakatga ko‘proq tank yetkazib berishni so‘ragan, bunga javoban Berlin Kiyevga Leopard 1 tanklarini yetkazib berish hajmini oshirishi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Nemis kompaniyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing