Nemis ishbilarmon guruhlari OKMKda
Biznes
−
29 mart 2023
5994Mamlakatimiz va Germaniya davlati o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yildan-yilga rivojlanib bormoqda.
Ushbu aloqalar doirasida Germaniya davlatining yirik kompaniyalari va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham faol ravishda hamkorlik qilib kelishmoqda.
Joriy yilning 28 mart kuni kombinatga Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, doktor Tilo Klinner boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyo hududidagi vakilligi hamda nemis ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari kombinat tarkibiy bo‘linmalari faoliyati bilan tanishishdi. Jumladan, Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlaridagi texnologik jarayonlar hamda yangi barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, mehmonlar kombinatda mahalliylashtirish dasturining bosh ijrochisi bo‘lgan Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida amalga oshirilayotgan ishlarni ham ko‘zda kechirishdi.
Bundan tashqari, kombinat rahbariyati bilan nemis delegatsiyasi vakillari o‘rtasida kelgusidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
OKMK Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr