Nega O‘zbekistonda yo‘lovchi poyezdlarining tezligiga cheklov qo‘yilmoqda?
Jamiyat
−
02 iyul 2019 6392 1 daqiqa
Shu kunlarda O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli ba’zi temir yo‘l uchastkalarida yo‘lovchi poyezdlar tezligi cheklanadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati shuni ma’lum qiladiki, Samarqand - Buxoro, Buxoro - Xiva kabi temir yo‘l uchastkalarida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchi poyezdlarning tezligiga cheklov belgilandi bunga sabab esa Respublikada kuzatilayotgan anomal issiqlik hisoblanadi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati o‘z mijozlariga ko‘rsatilgan ishonch uchun minnadorchilik bildiradi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust