Nega karantinda elektr tarmog‘i qarzdorlik uchun uzib qo‘yilmoqda?

Jamiyat

image

Foydalanilgan elektr energiyasidan vujudga kelgan qarzdorliklarning ortishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qarzdor iste’molchilar tarmoqdan ajratilmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi shtabiga Energetika vazirining matbuot kotibi Elmira Bekmurodova ma’lum qildi.

Karantin vaqtida elektr tarmog‘i uzilmaydi deyishgan edi. Nega elektr tarmog‘i qarzdorlik uchun uzib qo‘yilmoqda?

"So‘nggi kunlarda Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, karantin choralari yumshatib borilayotganligi bois foydalanilgan elektr energiyasidan vujudga kelgan qarzdorliklarning ortishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qarzdor iste’molchilar tarmoqdan ajratilmoqda.

Shu munosabat bilan iste’molchilardan ishlatilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini so‘raymiz.

Shu o‘rinda foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tuman elektr ta’minoti korxonalariga tashrif buyurmasdan mamlakatda mavjud barcha to‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib ham amalga oshirishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz", deydi Elmira Bekmurodova.

Avvalroq, karantin vaqtida MIB odamlarning uyidagi mol-mulkini xatlashga haqqi bor yoki yo‘qligi haqida xabar berilgan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Elektr energiyasi Karantin

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing