Nega birjada arzonlashgan benzin “zapravka”larda hamon qimmat? MQKQ izoh berdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23 noyabr kuni  birja savdolarida jami 4196 tn AI-80 markali benzin qo‘yilgan bo‘lsa, shundan 3741 tn yoki 89 foizi  sotilgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabariga ko‘ra, AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 129 ming so‘mdan 8 444 ming so‘mgacha pasayib 17 foizga arzonlashdi.

Shuni ta’kidlash joizki, kichik 1 tn lotlar savdosida Buxoro NQIZ tomonidan mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan benzining o‘rtacha sotish narxi 7028 ming so‘mgacha pasaydi yoki 16 noyabrga nisbatan 31 foizga arzonlashdi, “Sanoat energetika guruhi” MCHJ QK mahsuloti bo‘yicha pasayish 17 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, yirik 60 tn lotlarda narxlar pasayishi tendensiyasi bir muncha sekin kechmoqda va 5 foizni tashkil etgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birjada narxlar tushgani holda avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchalarida bu sezilmayotganiga izoh berib o‘tgan.

Qayd etilishicha, Qo‘mita oldinroq ogohlantirganidek, vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samara berishi vaqt talab qiladi. Bu paytda tabiiyki ushbu davrda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan ilgari sotib olingan qimmat narxdagi benzin zaxiralari hisobiga yuqori chakana narxlar saqlanib qoladi.

“Bugungi kunda, 2-3 oy davomida shakllangan mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan AI-80 benzinning baland narxlarga ta’sir ko‘rsatish uchun faqat bozor mexanizmlari qo‘llanilmoqda, ya’ni taklifga ta’sir ko‘rsatish orqali narxlar barqarorligini ta’minlash, bu choralarning samara berishi va narxlarning barqarorlashishi uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. Shu bilan birga, import benzinning narxlari jahon bozorlari kon’yunkturasiga bog‘liqligi omili saqlanib qolmoqda”, deyiladi qo‘mita xabarida.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 16-22 noyabr kunlari  birjada pasayib borgan narxlarda xarid qilingan 20 760 tn mahsulotdan 3 409 tn yoki 16 foizi chakana tarmoqqacha yetib borgan.

Bunda, mahsulot birja savdolarida sotilgandan keyin zavoddan chakana savdogacha yetib borish muddatlarini ( 15 kungacha sarflanishi mumkin) ham  inobatga olinishi muhim. 

Bundan tashqari, hozirda Idoralaro ishchi guruh tomonidan benzin tannarxini optimallashtirish bo‘yicha bevosita ishlab chiqaruvchi korxonlarga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazilmoqda, shuningdek Qo‘mita tomonidan birja savdolarida narxlarga sun’iy  ravishda ta’sir ko‘rsatgan nohalol ishtirokchilarga  nisbatan o‘rganishlar davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

363

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing