Nega AQSHga charter reys yo‘q?

Jamiyat

image

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi shtabiga nega AQSHga charter reysi yo‘qligi haqida savol kelib tushdi. Ushbu savolga Transport vazirining matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov javob berib o‘tdi.

– Hozirda charter reyslar amalga oshirilmoqda. Lekin nimagadir AQSHga charter reys qo‘yilmagan. AQSHdan O‘zbekistonga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolar ko‘p. Iltimos, AQSHga charter reys qo‘yilishi to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tsangiz.

"Charter reyslar faqatgina Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan yo‘lga qo‘yiladi.

Qachon charter qo‘yish masalasi O‘zbekistondagi statsionar karantin o‘rinlarining soni va boshqa omillarni ko‘rib chiqqan holatda belgilanadi.

Charter reyslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangach Transport vazirligi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi. Turli-tuman informatsion saytlar tomonidan e’lon qilinayotgan norasmiy ma’lumotlarga ishonmang", deydi Navro‘z Ashurmatov.

Avvalroq, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun joriy yilning 8-21 iyun kunlari amalga oshiriladigan charter reyslar jadvali e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Charter reys

Baholaganlar

252

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing