Neftni qayta ishlash zavodidagi yong‘inda 7 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

Bugun, 3 sentyabr kuni Hindistonda neftni qayta ishlash zavodidagi yong‘in natijasida hozirgacha 7 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat g‘arbidagi Maxarashtra shtatida ONGC kompaniyasiga tegishli zavod yongan. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Halok bo‘lganlarning 5 nafari zavod ishchisi, 2 nafari qutqaruvchilar. Yana ikki kishi jabrlangan.

ONGC yong‘in tizimdagi yomg‘ir suvlarini chiqarib yuborish vaqtida yuz bergan. Uni bartaraf qilish uchun o‘t o‘chiruvchilar ikki soat harakat qilgan. Hozirda zavod odatiy rejimda ishlay boshlagan. Hodisa neftni qayta ishlar jarayoniga ta’sir qilmagan.

ONGC Hindistonning yirik neft-gaz korporatsiyasi. U kuniga mamlakatdagi neft xomashyosining 70 foizi va tabiiy gazning 80 foizini qazib chiqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Hindiston

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing