“Neftchi” uch yillik tanaffusdan so‘ng Superligaga yo‘l oldi
Sport
−
07 Oktabr 2021
5183O‘zbekiston Pro ligasining 20-turi doirasida Farg‘onaning “Neftchi” klubi G‘ijduvonda “Nurafshon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi va muddatidan oldin Superligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari Oybek Qilichevning dubli, Akmal Shorahmedov va Marko Obradovichning goli evaziga 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. G‘ijduvon klubining yagona goli San’at Shixov tomonidan kiritildi.
G‘alaba evaziga hisobidagi ochkolar sonini 40 taga yetkazib olgan “Neftchi” uch yillik tanaffusdan so‘ng, O‘zbekiston Superligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston professional ligasi nizomiga muvofiq, joriy mavsumda Pro ligada dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar elitaga yo‘l oladi. Farg‘onaliklar va 3-o‘rindagi “Nurafshon” klubi orasidagi farq 16 ochkoni tashkil etadi va qolgan 4 ta o‘yinda qanday natija qayd etilishiga qaramay, klub 2-o‘rindan pastga tushmaydi.
Ma’lumot uchun, Farg‘ona klubi 2018 yilgi mavsumda musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab, Superligani tark etgan.
LiveBarchasi