Neft-kimyo zavodida yirik portlash yuz berdi (video)

Olam

image

Ispaniyada neft-kimyo zavodida yirik portlash yuz berdi. Hodisa Tarragona provinsiyasida (Kataloniya muxtor jamoati) sodir bo‘lgan. Bu haqda Ispaniya fuqaro muhofazasi xizmati xabar berdi.

Portlash va uning ortidan yuzaga kelgan yong‘in natijasida hozirgacha, 8 kishi jabrlangani aniqlandi. Ikki kishi og‘ir kuyish jarohatini olgan va ahvoli jiddiy. Boshqa bir jabrlanuvchi o‘rta darajada kuygan, qolgan 5 nafar odam yengil kuyish jarohati olgan. Mahalliy hokimiyat bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Yong‘in joyiga katalon jeneraliteti rahbari Kim Torra yetib kelgan. U halok bo‘lgan odamning oilasiga hamdardlik bildirib, fuqarolardan vahimaga tushmaslikni so‘ragan.

Fuqaro muhofaasi xizmati mahalliy aholidan uyidan chiqmay, oyna va eshiklarni yopib o‘tirishni jiddiy iltimos qilgan. Xizmatning ma’lum qilishicha, havoda toksik bulut yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

portlash zavod Ispaniya

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing