Nazarboyevning jiyani o‘margan pullar Qozog‘istonga qaytarildi

Olam

image

Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari Respublikaning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiulining jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha 230 million dollardan ziyod qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlarini mamlakatga qaytarishdi. Bu haqda joriy yilning 2 noyabr kuni Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Qozog‘iston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Qayrat Satibaldiuli va boshqa shaxslarga jinoiy yo‘l bilan olingan pul va boshqa mol-mulkni legallashtirish faktlari bo‘yicha sudgacha tergovni davom ettirmoqda. Chet el mamlakatlarida tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 230 million dollardan ziyod eksklyuziv qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlari mamlakatga qaytarildi”, deyiladi xabarda.

Idoraning ta’kidlashicha, Satibaldiuli xorijiy kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlariga 300 million dollar sarmoya kiritgani haqiqatdan ham aniqlangan. Ushbu pullar ham yaqin kelajakda Qozog‘iston byudjetiga tushishi kutilmoqda. 
 
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati shu yilning 13 mart kuni Satibaldiulini o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda va "Qozoqtelekom" AJ mablag‘larini o‘g‘irlashda gumon qilib hibsga olgandi. Unga va uning sobiq rafiqasi Gulmira Satibaldiga qarshi 17 mart kuni investorlarning biznesni egallab olish ishlari bo‘yicha tergov harakatlari boshlandi. Qozog‘iston sudi shu yilning 26 sentyabr kuni Satibaldiulini davlat mulkini o‘marish ishi bo‘yicha olti yilga ozodlikdan mahrum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qayrat Satibaldiuli

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing