Nazarboyevning jiyani o‘margan pullar BAAdan Qozog‘istonga qaytarildi
Olam
−
01 iyun 2023
10255Qozog‘iston davlat byudjetiga 14 million AQSH dollari miqdoridagi pullar qaytarildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldiuli Birlashgan Arab Amirliklariga olib ketgan. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Agentlikning aytishicha, tadbirkor Qayrat Satibaldiuli va boshqa shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov doirasida departament mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketilgan mol-mulk, jumladan, jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pul va boshqa mol-mulkni qaytarish choralarini ko‘rmoqda.
“Ushbu mablag‘lar (14 million dollar) davlat daromadiga qaytarildi va ijtimoiy maqsadlarda foydalaniladi”, deyiladi agentlik bayonotida.
Ma’lum qilinishcha, Satibaldiuli va unga aloqador shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortish boshlanganidan beri davlat 464 milliard tengedan (1 milliard 38 million dollar) ortiq mablag‘ni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.
“Bular jumlasiga ma’muriy binolar, eksklyuziv zargarlik buyumlari, hashamatli avtomobillar, naqd pullar, kompaniyalardagi aksiyalar va ulushlar, shuningdek, temir yo‘llar kiradi”, deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritishicha, ular noqonuniy olib qo‘yilgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
2022 yil 26 sentyabr kuni poytaxt sudi Qayrat Satibaldiulini firibgarlik yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish, shuningdek, o‘zgalar mulkini o‘zlashtirishda ayblanib, olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning noyabr oyida Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari Qayrat Satibaldiulining jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha 230 million dollardan ziyod qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlarini mamlakatga qaytargan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr