Birinchi Prezidentning uzoq yillik hamkori davlatga xiyonatda ayblanib, qamoqqa olindi

Olam

image

Qozog‘istonning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyevning uzoq yillik hamkori, mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) sobiq raisi Karim Masimov va uning o‘rinbosari Anuar Sadiqulov qamoqqa olindi. Uchinchi gumonlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi tanlanmoqda. Bu haqda MXQga tayanib xabar berilgan.  

“Masimov K.K. va Sadiqulov A.T.ga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tayinlandi. Yergojin D.Ye.ga ehtiyot chorasini tanlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, Masimov davlatga xiyonat, hokimiyatni kuch bilan egallashga urinish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda. Jinoyat ishi materiallari “o‘ta maxfiy” toifasiga kirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Masimov joriy yilning 8 yanvar kuni davlatga xiyonat qilish fakti bo‘yicha hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Masimov

Baholaganlar

550

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar