Nazarboyevning sodiq odami – MXQ raisi qamaldi

Olam

image

Qozog‘istonning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyevning uzoq yillik hamkori, mamalakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) sobiq raisi Karim Masimov davlatga xiyonat qilish fakti bo‘yicha hibsga olindi. Bu haqda MXQ Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Joriy yilning 6 yanvar kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan davlatga xiyonat qilish fakti bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175-moddasi 1-qismi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlangan KNBning sobiq raisi Karim Masimov hamda boshqa shaxslar qo‘lga olingan va vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

“Tergov manfaatlariga daxldor boshqa ma’lumotlar oshkor etilishi mumkin emas”, deyiladi Matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda davlatga xiyonat qilishda aybdor bo‘lganlar o‘n yildan o‘n besh yilgacha Respublika fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

591

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing