Qo‘ynidan to‘kilsa, qo‘njiga – Nazarboyevning qizi Senat raisi bo‘ldi
Olam
−
20 mart 2019
13934Bugun, 20 mart kuni Qozog‘iston Parlamenti Yuqori palatasining Xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi sobiq raisi Darig‘a Nazarboyeva ovoz berish natijalariga ko‘ra, Senat spikeri etib saylandi.
Senat raisi lavozimiga nomzod Qozog‘iston prezidenti tomonidan ko‘rsatiladi. Senat raisi palatalar umumiy yig‘ilishida Yuqori palata deputatlari tomonidan saylanadi.
Ma’lumot uchun, Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizidir.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 mart kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Preizidenti Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqib, o‘z lavozim vakolatlari Senat spikeri Qosim-Jomart Tokayevga topshirdi.
Bugun, 20 mart kuni Senatning sobiq raisi Qosim-Jomart Tokayev Qozog‘iston prezidenti sifatida qasamyod qabul qildi.
LiveBarchasi