Nazarboyevning qamoqdagi jiyani shartli ravishda ozodlikka chiqarishni so‘radi

Olam

image

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qamoqdagi jiyani Qayrat Satibaldi shartli ravishda ozodlikka chiqish uchun ariza berdi. U davlat mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanib, hibsga olingan edi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Orda.kz” xabar berdi.  

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Satibaldi Sharqiy Qozog‘iston viloyatidagi 22-sonli axloq tuzatish boshqarmasiga shartli ravishda ozod qilish to‘g‘risida ariza yuborgan. 

“U yetkazilgan zararni to‘lagani va xulq-atvori yaxshi bo‘lgani uchun muddatidan oldin ozodlikka chiqmoqchi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etish joizki, jazo muddatini o‘tayotgan mahkumga agar uning jinoyati terrorizm yoki voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lmasa, shartli ravishda ozod qilish to‘g‘risida ariza berish huquqi beriladi. Biroq, yakuniy qaror sud tomonidan qabul qilinadi. 

Ma’lumot uchun, 2022 yil 26 sentyabrda Satibaldi “Kazaktelekom” AJ va “STS” AJda o‘ta katta hajmdagi o‘g‘irlik uchun olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan. U jazoni o‘rtacha tartibdagi axloq tuzatish muassasasida o‘tamoqda. Shuningdek, unga 10 yil davomida davlat tashkilotlaridagi yuqori lavozimlarda ishlash taqiqlangan.

Sotibaldi va jinoyat ishi bo‘yicha boshqa ayblanuvchilar jabrlanuvchi bilan vositachilik kelishuvi tuzib, aybiga iqror bo‘lib, yetkazilgan zararni (jami 500 million dollardan ortiq) qoplagan. Tadbirkor nazoratidagi firmalar “Kazaktelekom”ning 28,8 foiz ulushini davlat mulkiga qaytargan. 230 million dollardan ortiq eksklyuziv qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlari ham davlatga qaytarilgan.

Sentyabr oyida Ostona sudi Qayrat Satibaldi va uning to‘rt nafar sherigiga nisbatan yana ikkita jinoiy ishni ko‘rib chiqishni boshladi. 

“Sudlanuvchilar pushaymon bo‘lgani va yetkazilgan zararni qoplaganligi sababli ko‘rib chiqish jarayoni tezlashtirilgan tartibda o‘tkazilmoqda”, deb yozadi “Orda.kz”. 

Aytilishicha, gap soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, pul yuvish va reydlar bilan bog‘liq holatlar haqida bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Nursulton Nazarboev Qayrat Satibaldi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing