Nazarboyevning arzandasi sabab “Transtelekom” direktorlar kengashining yig‘ilishi o‘tkazilmayapti 

Olam

image
Britaniya Nazarboyevning qaysi qarindoshlariga sanksiya qo‘llashi ma’lum bo‘ldi north_east

Britaniya Nazarboyevning qaysi qarindoshlariga sanksiya qo‘llashi ma’lum bo‘ldi

Qozog‘iston fond birjasi “Transtelekom” aksiyadorlik jamiyati hissadorlarining joriy yil 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilmagani haqida bayonot bergan. Bundan tashqari, 1 fevral kuniga qoldirilgan yig‘ilish, bu safar ham bekor qilingan. 

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilish qoldirilishiga unda ishtirok etadigan hissadorlar va rasmiylarning soni majlish o‘tkazish uchun yetarli bo‘lmagani sabab bo‘lgan. Ammo, ismi ochiqlanmagan aksiyadorlardan birining matbuotga bildirishicha, kvorum yig‘ilish o‘tkazish uchun yetarli bo‘lgan. 

"Orda.kz" axborot agentligining ma’lum qilishicha, yig‘ilish “Transtelekom” aksiyadorlik jamiyatining direktorlar kengashi rahbari, Nursulton Nazarboyevning nabirasi, Nurali Aliyevning unda qatnashmagani sababli qoldirilib kelmoqda. Bunday vaziyatda direktorlar kengashining yig‘ilishi boshqa kunga qoldiriladi. Hozirda “Transtelekom” direktorlar kengashi yetti kishi: Nurali Aliyev, Dmitriy Pokupatelev, Kanat Dosmukametov, Yerlan Isekeshev, Berik Utemurat va Salmen Amrinlardan iborat. 

Bundan tashqari, Nuralining onasi, Nazarboyevning tong‘ich qizi, Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Darig‘a Nazarboyeva ham joriy yil 5 yanvardan buyun Parlamentning yig‘ilishlarida ko‘rinish bermayapti. 

Nurali Aliyev 2016 yildan buyon “Transtelekom” OAJ direktorlar kengashining raisi lavozimida ishlab kelmoqda. 2021 yil 11 fevralda Qozog‘iston Respublikasi hukumatining qaroriga muvofiq, “Transtelekom” AJning 75 foiz aksiyalari Nurali Aliyev va Dmitriy Pokupatelevga tegishli bo‘lgan “Unit Telecom” MCHJ hisobiga o‘tkazilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Buyuk Britaniya Parlamenti mansab vakolati va oilaviy mavqeidan foydalanib katta boylik orttirgan, Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning oila a’zolariga qarshi sanksiyalar joriy qilishi xaqida xabar bergan edik.

Britaniya Parlamenti e’lon qilgan ro‘yxatda, Nazarboyevning nabirasi Nurali Aliyevning ham nomi tilga olingan.

Ma’lum qilinishicha, 21 yoshida Nurali bobosining nomiga atalgan Qozog‘istondagi “Nurbank” xususiy bankining ijrochi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlangan. Nazarboyevlar oilasining ushbu vakili 22 yoshga to‘lganida esa u Hukumat vakiliga aylangan. 

Buyuk Britaniya sudining hujjatlarida u 2008 yilda o‘ziga tegishli kompaniya orqali bankdan 65 million dollar kredit olgani va keyinchalik esa yana boshqa kredit olgani ham ko‘rsatilgan. Nuralining advokatlariga ko‘ra, u pullarning bir qismini Londonning Bishops-avenyu hududidan 39,5 million funt sterling miqdoridagi uyni sotib olish uchun sarflagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing