Nazarboyevni banknotlardan ham o‘chirish boshlandi
Olam
−
03 Oktabr 2022
8751Qozog‘istonda 20 ming tenge nominalidagi yangi banknotadan mamlakatning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning portreti olib tashlandi. Bu haqda KazTAG xabar bermoqda.
Banknot joriy yilning 1 oktyabridan muomalaga kiritilgan. Uning old tomonida Qozog‘istonning davlat ramzlari, “Qozoq eli” monumenti, “Mangu yurt” tantanali arkasi, qozoq milliy ornamentining parchasi “Baskur” hamda Mustaqillik yillarini ifodalovchi “30” raqami tasvirlangan. Orqa tomonda Ostona va Akorda qarorgohining panoramali ko‘rinishi mavjud. Banknotda 25 ta himoya elementi mavjud va u dunyodagi eng xavfsizlaridan biri hisoblanadi, deyiladi xabarda.
Shu paytgacha mamlakatda 2015 yil va 2021 yil dekabrida 20 ming tengelik banknotalar muomalaga chiqarilgan. Ahamiyatlisi, yanvardagi tartibsizliklardan bir oy oldin chiqarilgan banknotlarda birinchi Prezident Nursulton Nazarboyevning surati aks etgan. Keyinroq Milliy bank bu banknot Qozog‘iston mustaqilligining 30 yilligi sharafiga cheklangan tirajda chiqarilganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 sentyabr kuni Qozog‘iston poytaxti nomi Nur-Sultondan Ostonaga qaytarilgan edi. Bundan ko‘p o‘tmay, "Qozog‘iston Birinchi Prezidenti kuni" davlat bayramlari qatoridan chiqarib tashlandi.
LiveBarchasi