Nazarboyev o‘lmay turib barcha huquqlaridan mahrum qilinyapti

Olam

image

Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi deputatlari bugun, 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda respublikaning birinchi prezidenti – Elboshi (millat yetakchisi) Nursulton Nazarboyev to‘g‘risidagi qonunni bekor qilish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda.  

“Mazkur qonun loyihasi respublika referendumi yakunlari bo‘yicha mamlakat konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Xususan, joriy yil 8 iyundagi Qozog‘iston birinchi prezidentining maqomi va vakolatlari respublika konstitutsiyasi va konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanadigan qoidani nazarda tutuvchi qonun bilan konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, konstitutsiyaning 46-moddasi 4-bandi chiqarib tashlandi. Shu munosabat bilan qonun loyihasida konstitutsiyaviy qonun kuchini yo‘qotish ko‘zda tutilgan”, deydi Qonunchilik va sud-huquq islohotlari qo‘mitasi raisi Arman Qo‘jaxmetov.

Deputatlar “Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi Qozog‘iston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilishga qaror qildi. 

5 iyun kuni Qozog‘istonda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. O‘zgartirishlardan biri Nazarboyevning maqomi va vakolatlari haqidagi moddaning, shuningdek, unga ketma-ket ikki martadan ortiq davlat rahbari lavozimiga saylanishiga imkon beruvchi bandning olib tashlanishi bo‘ldi. Bundan tashqari, Nazarboyevning millat yetakchisi maqomining o‘zgarmasligi to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlandi. 

Endilikda mamlakatda Nazarboyevning, shuningdek, uning oila a’zolarining maqomi va imtiyozlarini tartibga soluvchi “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi qonun amal qilmoqda. Nazarboyev xalqqa murojaat qilish, parlament va hukumat yig‘ilishlarida nutq so‘zlash huquqiga ega. Birinchi prezident daxlsizlikka ega. Uni ushlab turish yoki qamoqqa olish mumkin emas. Daxlsizlik Nazarboyevga tegishli bo‘lgan barcha mulkka va u bilan birga xususiy mulk asosida yashovchi oila a’zolariga nisbatan qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

481

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing