Nazarboyev so‘nggi lavozimini ham To‘qayevga topshirdi
Olam
−
28 yanvar 2022
14965Bugun, 28 yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Nur Otan” partiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda mamlakat mahalliy nashrlari ma’lum qildi.
“Partiyaning navbatdan tashqari 21-s’ezdi qarori bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Kemelevich To‘qayev bir ovozdan “Nur Otan” partiyasi raisi etib saylandi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti, shu paytgacha hukmron partiya raisi Elboshi Nursulton Nazarboyev “Nur Otan” partiyasi qurultoyida To‘qayevni partiya raisi lavozimiga taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning noyabr oyida siyosiy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida Nursulton Nazarboyev “Nur Otan” partiyasi raisi vakolatlarini topshirishga qaror qilgan edi. U partiyani mamlakat Prezidenti boshqarishi kerakligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Nursulton Nazarboyev 2019 yil mart oyida lavozimini Qosim-Jomart To‘qayevga topshirib, Elboshi rutbasini olgan va Xavfsizlik Kengashini boshqarib kelayotgan Nursulton Nazarboyev Qozog‘istondagi namoyishlar avj olishi fonida Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini ham qo‘sh qo‘llab Prezident To‘qayevga topshirgan.
LiveBarchasi