Nazarboyev Maminning Bosh vazir lavozimida qolishini xohlamoqda
Olam
−
14 yanvar 2021
4020Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti, hukmron “Nur Otan” (“Vatan nuri”) partiyasining raisi Nursulton Nazarboyev parlamentning yangi chaqirig‘idagi fraksiyasiga (quyi palata) amaldagi Bosh vazir Asqar Maminni kelajakdagi Hukumat rahbari sifatida ham qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. Bu haqda Nazarboyevning Matbuot xizmati fraksiya yig‘ilishidagi ishtiroki yakunlari bo‘yicha ma’lumot berdi.
“Mening fikrimcha, uning lavozimida uzluksizlik saqlanib qolishi kerak. Hukumat barcha qiyinchiliklarga qaramay, o‘z ishini uddaladi. Boshqa qator mamlakatlarning fonida biz yaxshi natijalarga erishdik. Agar Prezident Bosh vazir lavozimiga Asqar Uzakpayevich Maminni taklif qilsa, u holda men fraksiyadan uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashni so‘rayman”, deydi Nazarboyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning “Nur Otan” (“Vatan nuri”) partiyasi 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Majilis (parlamentning quyi palatasi) deputatlari saylovida 71,09 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi.
LiveBarchasi