Nazarboyev kitobida Putinni og‘zidan bol tomib maqtadi

Olam

image

So‘z va ishning odami bo‘lgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘z mamlakatini jahon davlati maqomiga qaytardi. Rossiya yetakchisiga bunday bahoni Qozog‘istonning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyev bergan. 

“Qozog‘iston-Rossiya munosabatlarida sifat jihatidan yangi davr Vladimir Putinning davlat rahbariyatiga kelishi bilan boshlandi. Putin mamlakatda tartib o‘rnatdi, hokimiyat obro‘sini mustahkamladi. U yana o‘z Vatanini yuksaklarga ko‘tardi. Putinning prezidentligi Rossiya tarixiga alohida davr sifatida kirishiga hech kim shubha qilmaydi. Buni uning dushmanlari ham tan olishadi”, deb yozgan Nazarboyev o‘zining “Mening hayotim” nomli xotiralar kitobida.

Uning aytishicha, boshidanoq u Putin bilan umumiy til topgan.

Nazarboyev Qozog‘iston-Rossiya chegarasi muammosini hal qilishda Putinning rolini qayd etib,  Qozog‘iston mustaqilligining dastlabki yillarida ba’zi rus siyosatchilari “Qozoq zaminiga yirtqich nazar bilan qaraganiga” ishora qildi. 

“Bu asossiz da’volarning barchasiga men va Rossiya Prezidenti Putin tomonidan Qozog‘iston-Rossiya davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangandan so‘ng yakuniy javob berildi”, deb eslaydi Nazarboyev. 

Shu bilan birga, Nazarboyev 2014 yilda Qozog‘iston BMTda Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olmaslikka chaqiruvchi rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berishda betaraf qolganini eslatdi.  

“Biz, har qanday mustaqil davlat kabi, Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashimizni ochiq aytdik. Ammo shundan keyin ham Rossiya bilan munosabatlarimiz normal rivojlanishda davom etdi. Bu Vladimir Vladimirovich hamkasblarining fikrini hurmat qilishidan dalolat beradi”, deydi u. 

Nazarboyev, shuningdek, 2020 yilda Qozog‘iston Prezidenti lavozimini tark etib, koronavirus bilan kasallanganidan keyin Putin unga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligini esladi.  

“Rossiyadan zudlik bilan yuborilgan eng yaxshi shifokorlar, virusologlar kechayu kunduz 10 kun yonimni tark etmagani va meni xavfli kasallikdan qutqarib qolganini hech qachon unutmayman”, deb yozgan Nazarboyev. 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing