Nazarboyev davlatga xiyonat bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev davlatga xiyonat qilgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin, boshqa jinoyatlar uchun emas. Bu haqda “Orda” nashri Qozog‘iston Adliya vaziri Musinga tayanib yozmoqda. 

“Konstitutsiyaga ko‘ra, Qozog‘iston prezidenti faqat davlatga xiyonat qilgani uchun javobgar bo‘ladi, boshqa jinoyatlar uchun emas”, deydi vazir Kanat Musin jurnalistlarga. 

Jurnalistlar endilikda sobiq prezidentga nisbatan ish qo‘zg‘atish va uni javobgarlikka tortish mumkinmi yoki yo‘qligiga aniqlik kiritishdi. 

"Yo‘q", deb javob berdi Adliya vazirligi rahbari. 

Jurnalist bu Nazarboyevlar oilasiga, masalan, kelinlar yoki kuyovlarga tegishlimi, deb so‘radi. 

“Men buni ayta olmayman, Konstitutsiyada faqat prezident haqida gapiriladi, norma ularning xotinlari va oila a’zolariga taalluqli emas. Ular birinchi prezident to‘g‘risidagi qonun bilan himoyalanmagan”, deydi Musin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyun kuni Qozog‘iston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. 

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston Konstitutsiyasi matnining uchdan bir qismiga tegishli bo‘lgan jami 33 ta o‘zgartirish ovozga qo‘yildi. Asosiy o‘zgartirishlardan biri Konstitutsiyadan respublikaning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevga bag‘ishlangan moddaning chiqarib tashlanishidir. Tuzatishlar qabul qilinganligi sababli, u o‘zining ko‘pgina shaxsiy imtiyozlari va Elboshi (millat yetakchisi) maqomini yo‘qotadi, endi uning huquqiy pozitsiyasi sobiq Prezidentlar to‘g‘risidagi amaldagi qoida bilan tartibga solinadi. Nazarboyevning o‘zi Konstitutsiyadan uning nomini olib tashlashni qo‘llab-quvvatlagan.

Shuningdek, Qozog‘iston Konstitutsiyasining yangilanishi bilan mamlakatning Birinchi Prezidenti va uning oila a’zolariga qator imtiyozlar bergan “Qozog‘istonning birinchi Prezidenti – millat yetakchisi (Elboshi) to‘g‘risida”gi qonun o‘z kuchini yo‘qotdi.


Maqola muallifi

Teglar

Nurlsulton Nazarboev

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar