Monopoliyaga qarshi qo‘mita Uzcard’ning banklarga komissiya belgilagani bo‘yicha o‘rganish o‘tkazadi

Jamiyat

image

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bozorda ustun mavqega ega bo‘lgan “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MCHJ tomonidan tijorat banklaridan olinadigan omonatlar xizmati komissiyasini o‘rnatilishining maqsadga muvofiqligini o‘rganadi.

Avvalroq Yagona umumrespublika protsessing markazi Uzcard’ning 1 maydan boshlab onlayn omonatlar bo‘yicha banklardan 0,25 foiz miqdorida to‘lov olishini ma’lum qilgani va bu haqda aksionerlik-tijorat banklariga tegishli xat yuborgani xabar qilingan.

Onlayn omonatlar va onlayn konversiya xizmatlarini ommalashtirish maqsadida ular bo‘yicha to‘lovlarni 2018 yil 6 sentyabrdan bekor qilgandi. Keyinchalik ushbu choralar 2019 yil uchun ham uzaytirilgan, biroq endi kompaniya banklarning ushbu imtiyozlardan boshqa tijoriy maqsadlardan foydalanish holatlari uchragani tufayli komissiya narxini 0,25 foizga ko‘tarib qo‘ydi.

Uzcard 2-3 oy davomida tranzaksiyalarni o‘rgangan va banklarning davlat oldidagi soliq to‘lovlarini hamda komissiyalarni chetlab o‘tish holatlariga duch kelgan. Banklar P2P-o‘tkazmalari (karatdan kartaga o‘tkazish) uchun elektron hamyonlardan foydalanishgan


Maqola muallifi

Teglar

Uzcard monopoliya

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing