Navro‘zda barcha o‘zbekistonliklar 5 kun dam oladimi?
Jamiyat
−
14 mart 2022
16387O‘zbekiston xalqi joriy yil Navro‘z bayramida ketma-ket 5 kun dam oladi. O‘zbekiston Prezidentining “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Navro‘z bayrami munosabati bilan:
• 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
• 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam olishadi.
Bunda quyidagicha bo‘ladi:
• 19 mart shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
• 20 mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
• 21 mart, dushanba — Navro‘z bayrami, barchaga dam olish kuni;
• 22 mart, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
• 23 mart, chorshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
LiveBarchasi