Navro‘z bayramida qanday ob-havo bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 21 mart kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing