Navoiyni qoplagan tutun qayerdan chiqayotgani aytildi (video)

Jamiyat

image

19 iyul kuni tonggi vaqtda Navoiy viloyatining Navoiy shahri hududini changsimon tutun qoplagandi. Bugun, 21 iyul kuni tonggi vaqtda Navoiy shahri va uning atrofidagi hududlarda yana changsimon tutun kuzatildi. Bu haqda “Navoiyazot” AJ  ma’lum qildi.

Bildirilishicha, ko‘plab muhokamalar va noroziliklarga sabab bo‘layotgan holatni o‘rganish maqsadida korxona mutaxassislari O‘zbekiston ekologik partiyasi viloyat Kengashi mutasaddilari bilan vaziyatning asl sababini o‘rganishga kirishgan. Ushbu holatning “Navoiyazot”AJ faoliyati bilan bog‘liq emasligini isbotlash maqsadida korxonaning ammiakli selitra ishlab chiqarish sexi hududiga zudlik bilan qo‘shimcha kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan.

“Yozib olingan tasvirlardan changsimon tutun sobiq Navoiy elektrokimyo zavodi o‘rnida qurilgan korxonalardan chiqayotganini yaqqol ko‘rish mumkin. 

Bugungi kunda korxona tomonidan ekologik xavfsizlik masalasiga birinchi galdagi ustuvor vazifa sifatida qaraladi va atmosferaga chiqariladigan tashlamalar miqdorini keskin kamaytirishga yo‘naltirilgan aniq, muddatli chora-tadbirlar belgilanib, ular asosida bosqichma-bosqich ish olib borilmoqda.

Shundan kelib chiqib “Navoiyazot”AJning atmosferani ifloslantirayotgan changsimon tutunga hech qanday aloqasi yo‘qligini yana bir bor ma’lum qilamiz”, deyiladi aksiyadorlik jamiyatining rasmiy xabarida.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 21 iyul kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan omborxonadan perekis vodorod moddasi ochiq havoga sizib chiqqandi. Toshkent shahar FVB Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari tomonidan ushbu holat soat 04:00 da to‘liq bartaraf etilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing