Navoiydagi YTHda bir oilaning 5 nafar a’zosi vafot etdi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan dahshatli YTH oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Hodisa kecha, 9 iyun kuni soat 15:00 lar atrofida Nurota tumaniga kiraverishdagi Dehibaland qishlog‘i hududidan o‘tgan "Navbahor-Nurota" yo‘lida sodir bo‘lgan. Ushbu yo‘lda harakatlanib borayotgan Gentra rusumli transport vositasi haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan Damas mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida qarama-qarshi tomondan kelayotgan Onix bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Onix avtomobili salonida bo‘lgan bir oilaning 5 nafar a’zosi: 36 yoshli erkak, uning 58 yoshli onasi, turmush o‘rtog‘i, 2 yoshli o‘g‘li hamda 2 oylik qizi, shuningdek, Gentra haydovchisi vafot etgan. YTH qurbonlarining ikki nafari voqea joyida, 4 nafari esa shifoxonada vafot etgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Navoiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing