Navoiydagi suv omborida mashina oqib ketdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida joylashgan “To‘dako‘l” suv omborida Cobalt rusumli mashina oqib ketayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 20 iyun kuni soat 13:30 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “To‘dako‘l” suv omborida Buxoro viloyatida tug‘ilgan fuqaroga tegishli oq rangli Cobalt avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida suv omboriga oqib ketgan.

Aniqlanishicha, suv ombori qirg‘og‘ida turgan avtomobilni kuchli suv to‘lqini oqim bilan ichkariga olib kirgan. Ushbu vaziyat bo‘yicha FVVga ma’lumot kelib tushmagan va voqea joyidagi fuqarolar yordamida avtomobil suvdan chiqarib olingan.

Shuningdek, xabarda hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing