Navoiydagi omborxonada yirik yong‘in chiqdi. Uni o‘chirishga 9 soat ketdi

3-sahifa

image
Vahshiy qotillik: Kitobda er uyqudagi xotinini pichoqladi north_east

Vahshiy qotillik: Kitobda er uyqudagi xotinini pichoqladi

Kecha, 31 yanvar kuni Navoiy shahridagi to‘qimachilik korxonasining omborxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. bu haqda FVV xabar berdi.

Soat 22:07 da Navoiy viloyati FVB navbatchilik qismiga Navoiy shahrida joylashgan “Baxt tekstil” MCHJ korxonasi omborxonasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Holat yuzasidan zudlik bilan Navoiy shahar FVB yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:10 da voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yong‘in soat 22:30 da qurshab olinib, 1 fevral kuni soat 07:05 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa joyiga 13 maxsus texnika hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari, “Tinchlik” yong‘in o‘chirish poyezdi jalb etilgan. 

Ushbu holatda vafot etgan va jarohat olganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.

Ayni vaqtda vaziyat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Navoiy

Baholaganlar

185

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing