Navoiydagi oltin koni shaxtasidan jasad topildi

3-sahifa

image

Navoiydagi oltin konidan zo yoshli erkakning jasadi topildi.  Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 30 yoshli O.N. 2023 yil 25 dekabr kuni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Janubiy kon boshqarmasiga qarashli “Zarmitan” koni yerosti shaxtasi 840-sathidan, tarkibida oltin moddasi bo‘lgan ma’danli toshlarni talon-toroj qilish uchun kelgan. 2024 yil 15 yanvar kuni soat 19:00 larda shaxtadan chiqayotganida, arqon uzilib ketishi oqibatida 10-15 metrlik pastlikka tushib ketgan va og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.

O.N. olgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

"Hozirda ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Navoiy jasad oltin koni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing