Navoiydagi ohak ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqdi. Bir kishi qurbon bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 7 iyun kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi ohak ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi. Hodisada bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Navoiy viloyati Karmana tumani, “Bog‘ishamol” MFY hududidagi “Zarafshon Golden Group” MCHJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida taxminan soat 15:52da texnologik jarayonning buzilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan. 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisa oqibatida korxonaning bir nafar ishchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, yong‘in joiyda bo‘lgan bir nafar FVV xodimi kuyish tan jarohati bilan RSHTYOIM Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi zudlik bilan holat yuz bergan hududga yetib borgan va qisqa muddat ichida yong‘in bartaraf etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Navoiy

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing