Navoiyda zilzila sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 21 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 13:44 da Navoiy viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, epimarkazda sezilish kuchi: 4 ballni tashkil etgan.

Zilzila epimarkazi Toshkentdan 305 km janubiy-g‘arbda joylashgan.

Magnituda: 3,4. Chuqurligi: 10 km. Epimarkaz: Navoiy viloyatining Nurota tumani. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 11:47 da Afg‘onistonda 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi va uning kuchi O‘zbekistonda ham sezilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing