Navoiyda yuk mashina yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 22 may kuni Navoiy viloyatidagi magistral yo‘lda harakatlanayotgan avtomobilda yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 20:29 da Navoiy-Buxoro M-37 avtomobil yo‘lining 192-kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk avtomobilida yong‘in hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga jalb etilib, yong‘in qisqa vaqt ichida o‘rab olinib, bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Angren shahrida yuk avtomobilida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Navoiy avtomobil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing