Navoiyda YTH: 30 yoshga to‘lmagan haydovchi va piyoda qurbon bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 8 oktyabr kuni Navoiy viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi va biri shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH soat 19:50 larda Xatirchi tumani, “Alisher Navoiy” MFY hududidan o‘tgan 4K-372 avtomobil yo‘lining 16-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan M.T. Lacetti rusumli transport vositasida harakatlanayotib, o‘zidan oldinda belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni urib yuborib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomonidagi simyog‘ochga urilgan.

Natijada, Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi 27 yoshli M.T. va piyoda, 28 yoshli Sh.Q. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, piyoda 30 yoshli Z.N. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Navoiy

Baholaganlar

136

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing