Navoiyda Rossiya imperiyasi tangalarini xorijga olib ketmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatidagi bojxona postida ikki noma’lum shaxsning sumkasida madaniy boyliklar mavjudligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilishicha, holat Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy aeroporti” chegara bojxona postida sodir bo‘lgan. Shu post orqali xorijga uchib ketayotgan fuqaro P.S. va D.T.ning xatti-harakatlari bojxona xodimlarining e’tiborini tortgan va shaxslar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, fuqarolarga tegishli sumka ichida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 14 dona tanga va 8 dona qog‘oz kupyura borligi ma’lum bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, ular “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi 678-I-sonli Qonunning 8-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Nizom talablarini buzishga uringan hamda kupyuralarni noqonuniy tarzda olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidagn bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing