Navoiyda o‘z uyining oldiga chiqindi tashlagan fuqarolar jazolandi (video)
3-sahifa
−
17 may 2025 4388 1 daqiqa
Navoiy viloyatida o‘zlari yashaydigan ko‘p qavatli uydagi kirish eshigining yoniga chiqindi tashlaganlar jazolandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Navoiy shahar “Muruvvat” MFY hududida fuqarolar Sh.B., B.U., H.B., E.B., D.J. va Z.F. tomonidan o‘zlari istiqomat qiladigan ko‘p qavatli uyning atrofidagi belgilanmagan joyga noqonuniy chiqindi tashlangani aniqlangan. Ya’ni bu fuqarolar o‘zlari yashaydigan hududni ifloslantirgan.
Bildirilishicha, yuqoridagi holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (375 ming so‘mdan), jami 2 mln 250 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Toshkent shahrida bir kunning o‘zida chiqindi tashlash bilan bog‘liq 16 ta huquqbuzarlik aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va jami 11 million 375 ming so‘m jarima qo‘llanilgan edi.
Live
Barchasi