Navoiyda tovlamachi ayol $1500 olganda ushlandi

3-sahifa

image

Kecha, 9 mart kuni Navoiyda tovlamachi ayol 1500 AQSH dollarini olayotganda ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, fuqaro N.N. Navoiy viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U Dildora Boymurodova uni xizmatga oid ma’lumotlarini internet tarmoqlari orqali tarqatish bilan tahdid qilib, 4 mart kuni undan tovlamachilik yo‘li bilan 3 million so‘m olgani  shunga qaramasdan hozirda yana 1500 AQSH dollari miqdorida pul talab qilib, kelayotganini aytgan. Fuqaro Dildora Boymurodovaga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida 9 mart kuni 23:36 da Navoiy shahrida joylashgan kafelarning birida Dildora Boymurodova fuqaro N.N.dan tovlamachilik yo‘li bilan talab qilgan 1500 dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan. 

Shundan so‘ng fuqaro D.Boymurodovaning sumkasi xolislar va himoyachi ishtirokida ko‘zdan kechirilganda uning sumkasidan tovlamachilik yo‘li bilan olgan 15 dona 100 kupyuralik maxsus kukun yordamida ishlov berilgan jami 1500 AQSH dollari miqdoridagi pul protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan Dildora Boymurodovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda D.Boymurodova O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida ushlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy

Baholaganlar

196

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing