Navoiyda sinfxona yetishmaganidan norozi ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi
Jamiyat
−
03 mart 2021
8138Ijtimoiy tarmoqlarning birida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida norozi xalq bosh ko‘targani haqida xabar va video e’lon qilindi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.
O‘rganishlar davomida joriy yilning 1 mart kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan 9 maktab yonida ota-onalar tomonidan namoyish o‘tkazilgan. Ular yo‘lning qatnov qismiga chiqib olib, tegishli mutasaddilar yetib kelmagunga qadar mashinalar harakatini to‘sib qo‘yishganligi ma’lum bo‘ldi.
Shu kunning o‘zida yarim soat ichida voqeadan xabar topgan tuman hokimi G‘ofur Aliyev hamda tegishli mas’ullar hodisa joyiga borib, murojaatlarni o‘rgangan.
11 nafar ayol o‘z farzandlarini maktabga tayyorlov guruhlariga (nulevoy) qo‘yish uchun sinf xonalari yetishmaganligi tufayli shunday qilishganini ta’kidlashgan.
Muammolar joyida bartaraf etilib, sinf xonalar va o‘qituvchilar ajratilib, masala ijobiy hal etilgan.