Navoiyda zilzila bo‘ldi
Jamiyat
−
15 noyabr
3660Bugun, 15 noyabr kuni Navoiy viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila mahalliy vaqt bilan 11:59 da sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 41,42 gradus shimoliy kenglik; 64,1 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 427 km shimoliy-g‘arbda. Epitsentr: Navoiy viloyati, Tomdi tumani.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 5,8 magnitudali zilzila Surxondaryoda ham sezilgandi.