Navoiyda rus tili o‘qituvchisi o‘quvchilarni kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda "Navoiyda rus tili va adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchilarni kaltakladi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Mazkur holatga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 1 fevral kuni Navoiy shahrida joylashgan 18-sonli maktab o‘qituvchisi M.Sh. dars jarayonida 9-sinfning 2 nafar o‘quvchilari A.A. va Sh.B.larni kaltaklagan. 

O‘quvchilardan biri A.A. va uning onasi U.D. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘qituvchi M.Sh.ga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Jarohat olgan o‘quvchilarga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi tayinlangan.

“Yana bir bor ta’kidlaymiz, bolalarga nisbatan sodir etilgan hech bir zo‘ravonlik holati javobsiz qolishi mumkin emas. Bolalar ombudsmani mazkur fakt yuzasidan bolaning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan o‘z kuzatuvini qat’iy davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda ham o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagandi. Keyinchalik muallimga nisbatan jinoiy ish ochildi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy kaltaklash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing