Navoiyda pulni soxtalashtirgan 17 yashar uddaburon qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
19 aprel 2023 8216 1 daqiqa
Navoiy viloyatida 17 yoshli yigit 100 ming so‘mlik kupyuralarni soxtalashtirgani aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati Zarafshon tumanida 17 yoshli yigit o‘n dona 100 ming so‘mlik kupyurani qalbakilashtirib, muomalaga kiritishga uringan. U soxta pullarni bir nechta savdo do‘konlariga o‘tkazishga ulgurgan.
Yigitcha qalbaki pullarga shirinlik va tetiklashtiruvchi ichimliklar sotib olib, qaytim uchun berilgan haqiqiy pullarga ega chiqqan.
Ayni paytda u qo‘lga olingan bo‘lib, holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish Jinoyat kodeksining 176-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Live
Barchasi